O‘zA O`zbek

25.08.2018 18:11 Chop etish versiyasi

Oʻzlik haqida suhbat

Oʻzlik haqida suhbat
Mustaqillik bu – oʻzligimiz, qadr-qimmatimizni anglash, insoniy shaʻnimiz va haq-huquqlarimizning tiklanishi, tenglar ichra teng boʻlish saodatidir.

Eng ulugʻ, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlarida maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar, davra suhbatlari boʻlib oʻtmoqda.

Ana shunday tadbirlarning yana biri Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan oʻtkazildi. “Oʻzlik haqida suhbat“ loyihasi doirasida tashkil etilgan muloqotda partiya viloyat kengashi masʻullari, partiya Yoshlar qanoti faollari ishtirok etdi.

Tadbirda yozuvchi va shoirlar, olimlar, pedagoglar tomonidan mustaqillikning qadr-qimmati, uni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash har bir fuqaroning sharafli burchi ekani taʻkidlandi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va maʻnaviy sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar rivojlanishning yangi davrini boshlab bergani alohida qayd etilib, bu borada erishilgan yutuqlar hayotiy misollar orqali koʻrsatib oʻtildi.

A.Xudoyqulov, OʻzA
2 836