O‘zA O`zbek

13.08.2020 Chop etish versiyasi

OʻzLiDeP yetakchisi va deputatlar Gʻallaoroldagi zavod faoliyati bilan tanishdi

OʻzLiDeP yetakchisi va deputatlar Gʻallaoroldagi zavod faoliyati bilan tanishdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʻzLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Aktam Haitov, partiyaning quyi palatadagi fraksiyasi va xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashlari deputatlari, tuman hokimligi va sektor rahbarlaridan iborat ishchi guruh aʼzolari Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanidagi “Kaliy Fosfat” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻlib, bu yerda karantin qoidalariga amal qilish tartibi, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

“Sharq sanoati” konserni bazasida qishloq xoʻjaligi uchun oʻta muhim boʻlgan sulfat kaliyli oʻgʻitlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirlgan bu zavodda yiliga 20 ming tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi.

Ayni paytda zavodda 100 nafar mahalliy aholi mehnat qilayotir.

Korxona toʻliq quvvat bilan ishga tushgach yiliga 60 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish, ish oʻrinlari sonini esa 170 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Korxona ishchilari bilan uchrashuvda OʻzLiDeP safiga kirgan 10 kishiga aʼzolik guvohnomalari topshirildi.

– OʻzLiDeP dasturi va saylovoldi platformasida ilgari surilgan maqsad va vazifalardan yaxshi xabardormiz, – deydi partiyaning yangi aʼzosi Berdiyor Jumayev. – Korxonamiz joylashgan kichik iqtisodiy hududdagi mavjud muammolarni hal qilishda, yangi ish oʻrinlari yaratishga hissa qoʻshishga, oʻzimiz ovoz bergan deputatlarimizga yaqindan koʻmakdosh boʻlish maqsaddida partiyaga aʼzo boʻldik.

1 391
Toshqul Beknazarov, OʻzA