Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.08.2017 19:53 Chop etish versiyasi

“O‘zkabel” qo‘shma korxonasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qo‘shma korxona bosh direktori F.Umarov, Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Sh.Olimov va boshqalar mamlakatimizda navqiron avlod manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berish masalalariga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi farmoni bu boradagi ishlarni yanada yuqori pog‘onaga olib chiqishga xizmat qiladi.

Korxona ishchisi Bahrom Fayzixo‘jayev Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining yetakchisi etib saylandi.

Tadbirda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda boshlang‘ich tashkilot faoliyatini samarali tashkil qilish, bugungi kunda yigit-qizlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
1 136






Все о погоде - Pogoda.uz