Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.08.2017 11:12 Chop etish versiyasi

“O‘zekspomarkaz”da ko‘rgazmalar ochildi

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida “Kitob olami – 2017” I Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi, “Bolalik dunyosi – 2017” II Xalqaro bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan mahsulot va xizmatlar ko‘rgazmasi hamda “Sport olami – 2017” VI ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi ish boshladi.

Mazkur ko‘rgazmalarda oltmishga yaqin mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda. Kitob mahsulotlari, bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat, kiyim-kechak, turli o‘yin jihozlari va o‘yinchoqlar, o‘quv qo‘llanmalari, sport inventarlari va jihozlari, sport kiyimlari va sport ozuqa mahsulotlari namoyish etilmoqda.

(Ko‘rgazmalar haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan kun davomida tanishtirib boramiz).


O‘zA
2 572






Все о погоде - Pogoda.uz