O‘zA O`zbek

20.08.2018 13:00 Chop etish versiyasi

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida “Mutolaa xonasi”tashkil etilgan

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida “Mutolaa xonasi”tashkil etilgan
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida“Saodat” jurnali bosh muharriri M.Usmonova, “Tafakkur” jurnali bosh muharriri E.A’zam va bir qator yosh, iste’dodliqalamkashlarbilan bo‘lgan uchrashuvdakitobning inson hayotidagi bu kabi muhim jihatlari xususida alohida so‘z yuritildi.

Kitob inson kamolotining sarchashmasi, ilm bo‘stonining nuri, tafakkur ko‘zgusi sanaladi. Shu bilan birga u insoniyat ongli hayoti va ma’naviyat olamining bosh timsollaridan saladi. Kitob – bepoyon olam: bag‘rikeng, osmoni baland, tubi teran... Bizdanburungi zamonlarda, uzoq va yaqin o‘tmishda yashagan insonlar o‘zlarida va atrofdagilarda kechgan jami zavq-shavq hamda lazzat, ilm-hunar gavharini o‘zlaridan keyingi avlodlarga me’ros bo‘lsin deya kitob sahifalariga muhrlab ketganlar.

Tadbirda “Mushoira kechasi” ham o‘tkazilib insonni xayolot olamining olis manzillariga yetaklab, qalblarga o‘zgacha iliq hislar uyg‘otuvchi sara misralar o‘qildi.

Qayd etish joizki, keyingi vaqtlardaaholining keng qatlamini kitob o‘qishga jalb qilish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, voyaga yetayotgan farzandlarimizni bog‘cha yoshidan boshlab kitobga mehrli qilib tarbiyalash, kitob mahsulotlarining mazmuniga e’tibor qaratish, ularni chop yetish sifatini yaxshilash hamda chekka qishloq va ovullargacha borib yetishini ta’minlash, kitob do‘konlarini ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda.

Shu ma’noda“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasida ham “Mutolaa xonasi”tashkil etilgan bo‘lib, u xodimlar bilan hamisha gavjum. Bu yerdanhuquqiy, ilmiy, tarixiy va sohaviy adabiyotlar, jahon va o‘zbek badiiy adabiyotining sara namunalari joy olgan. Tadbirda ishtirok etgan ijodkorlar o‘z ijod namunalarini “Mutolaa xonasi”ga taqdim etishdi.

O‘zA
1 811