O‘zA O`zbek

08.05.2018 11:05 Chop etish versiyasi

O‘zboshimchalik bilan daraxtlarni kesishga buyruq berganlar qattiq jazolanadi

O‘zboshimchalik bilan daraxtlarni kesishga buyruq berganlar qattiq jazolanadi
Endi Toshkent shahrida o‘zboshimchalik bilan daraxtlarni kesishga buyruq beradigan mas’ul boshqarma va tashkilotlar rahbarlari javobgarlikka tortiladi.

Poytaxt ko‘chalarida ulkan daraxtlarni ayovsiz kesib tashlanishiga keskin barham berish maqsadida mas’ul boshqarma va tashkilotlar rahbarlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan qattiq ogohlantirildi. Agar ushbu holat o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilsa, javobgarlikkacha tortish choralari ko‘rilishi aytildi.

Shu munosabat bilan hokim poytaxt aholisiga ushbu tartibsizliklarga uch kun ichida barham berilishi va bunday noqonuniy harakatlarga chek qo‘yilishini shaxsan o‘zi nazoratga olganini ma’lum qildi.

Biror joyda daraxt kesilayotganini ko‘rgan shahar aholisi darhol Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ishonch telefoniga (277-75-43) yoki huquqni muhofaza qilish idoralariga (233-72-33) xabar qilishi so‘raldi.

Aholini Toshkent shahar hokimligi ushbu ishlarda faol bo‘lishga chaqiradi.

O‘zA
3 382