O‘zA O`zbek

08.08.2018 17:06 Chop etish versiyasi

“O‘zbektelekom”da yangi tayinlovlar

“O‘zbektelekom”da yangi tayinlovlar
Kompaniya axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun “O‘zbektelekom” AK rahbariyatida qator lavozimga tayinlovlar amalga oshirildi.

Jumladan, kompaniya rahbari etib avval ham bosh direktor lavozimida faoliyat yuritgan Shuhrat Qodirov tayinlandi. 2018-yilning fevral oyidan avgustigacha bosh direktor lavozimini egallagan Farhod Roziyev kompaniyaning tijorat direktori lavozimiga o‘tkazildi.

Bundan tashqari, Jamol Maqsudov Yevgeniy Marking o‘rniga Istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlandi.

O‘zA
2 102