O‘zA O`zbek

16.05.2018 15:22 Chop etish versiyasi

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasida latviyalikmaslahatchi ish boshladi

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasida latviyalikmaslahatchi ish boshladi Latviyaning mashhur sutni qayta ishlovchi “HANSA Food Comodities” kompaniyasining yetakchi mutaxassisi Yanis Skvarnovichs“O‘zbekoziqovqatxolding” boshqaruv raisi T. Jalilovning sutni qayta ishlash bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Yanis Skvarnovichs Jizzax viloyatida barpo etilayotgan qattiq turdagi pishloq va boshqa sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonaning qurilishida ham bevosita ishtirok etmoqda. Shuningdek,u sutni qayta ishlovchi korxonalarga g‘arb tajribasini keng miqyosda tushuntirib, mahsulot sifati, xajmini oshirish va uning eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maslahatlar beradi.

Yanis Skvarnovichs 1993 yildan “Tukuma Piens”aksiyadorlik jamiyatini boshqarib kelmoqda. Bukorxona yiliga 25-30 ming tonna sutni qayta ishlash quvvatiga ega. 1999 – 2001yillarda sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar manfaatini davlat oldida himoya qiluvchi Latviya sut ittifoqi boshqaruv raisi bo‘lib, sohada Yevropa Ittifoqi standartlarini jalb qilishda faol ishtirok etgan. 2001 – 2006 yillarda Latviyada sutni qayta ishlash bo‘yicha yetakchi hisoblanadigan“Rīgas piena kombināts” (Riga sut kombinati) aksionerlik uyushmasini boshqargan. 

Shuningdek, Ukrainada bolalar ozuqasi bo‘yicha Baltika sut-konserva kombinatini faollashtirishda, Rossiyaning Tver, Lipesk kabishaharlarida sutni ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar rivojiga hissa qo‘shgan.

O‘zA
2 854