O‘zA O`zbek

09.08.2018 15:09 Chop etish versiyasi

“O‘zbekneftgaz”dan qo‘shni davlatga byeg‘araz yordam

“O‘zbekneftgaz”dan qo‘shni davlatga byeg‘araz yordam
9-avgust kuni O‘zbekiston – Tojikiston chegarasini qurilish materiallari, maxsus texnika va uskunalar ortilgan avtokarvon kesib o‘tdi. Maqsad – qo‘shni davlatda tibbiyot majmuasi qurish. Loyiha “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshiriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatimiz Tojikiston janubidagi Xatlon viloyatida 200 o‘rinli zamonaviy tibbiyot majmuasini beg‘araz asosda qurib beradi. Loyiha Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshiriladi.

Qurilishning birinchi bosqichida yo‘lga chiqqan avtokarvondan boshqa yuklar qatori eskalator, treyler, muhandis-texnik xodimlar uchun maxsus vagonlar o‘rin olgan. Bundan tashqari, yer va tayyorgarlik ishlari bo‘yicha tajribali ishchilardan iborat 15 mutaxassis qo‘shni mamlakatga yo‘l oldi.

24bdd1a0-baf4-4b39-8f02-586db2341050.jpg

4a5aa5ec-c9f3-4957-b28c-b96e516bf8a6.jpg

290a4a05-9a6c-4fba-8acf-0ab9386e3bbb.jpg

a942b347-6fe9-463f-9812-2b7f0bca53b8.jpg

ac1c1332-e7c1-4145-9ff7-1814ca084f7c.jpg

6224afbe-01fa-487e-8be4-444ffb3a749e.jpg

64c78f97-4a69-4793-8348-30a7064727fe.jpg

O‘zA
2 617