O‘zA O`zbek

30.01.2020 Chop etish versiyasi

“Oʻzbekneftgaz” AJ vaxtada ishlovchilar oylik ish haqini 30 foizgacha oshirdi

“Oʻzbekneftgaz” AJ vaxtada ishlovchilar oylik ish haqini 30 foizgacha oshirdi

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev va “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Bahodir Muratov tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJ boʻlinmalari xodimlarining ish haqi miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi Qoʻshma qarori imzolandi.

Hujjat bilan 2020-yilning 1-fevralidan ishlab chiqarishni boshqarish hamda, gaz va neft qazib olish boʻlinmalari, gazni qayta ishlash zavodi va avtotransport korxonasi muhandis-texnik xodimlari va ishchilari ish haqini belgilashning yangi tarif setkasi tasdiqlandi.

photo5301221268542041275.jpg

Unga koʻra, dastlabki bosqichda bevosita neft va gaz konlarida qazib olish bilan band boʻlgan xodimlarning ish haqi va tarif stavkasiga quyidagicha ustama belgilanadi:

- Muhandis-texnik xodimlar uchun – 20 foiz;
- Vaxtada ishlovchi ishchilar uchun – 30 foiz.

Bundan koʻzlangan maqsadlardan yana biri, konlarda ogʻir sharoitlarda mehnat qilayotgan 4389 nafar xizmatchilarni ragʻbatlantirish, ularni moliyaviy yanada qoʻllab quvvatlash hamda shu orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishdir.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

36 341
OʻzA