O‘zA O`zbek

16.08.2018 15:38 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan mustahkam hamkorlik siyosati tahsinga sazovor

O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan mustahkam hamkorlik siyosati tahsinga sazovor
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ochiqlik va qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash siyosati jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda.

Bunday oqilona siyosat, ayniqsa, ishbilarmonlarni bee’tibor qoldirmayapti. Shu bois, bugun yurtingizga keluvchi xorijiy investorlar safi kengaymoqda. O‘zbekistonda 10 yildan buyon faoliyat yuritaman. Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlariga Eron Islom Respublikasining “Behin machine“ kompaniyasida ishlab chiqarilgan temir eritish uskunalari o‘rnatish ishlarida mazkur kompaniya vakili sifatida ish olib bordim.

O‘tgan yili mahalliy tadbirkorlar bilan Zarafshon shahrida alohida korxona tashkil etishni rejalashtirdik. Shu tariqa armatura ishlab chiqarish yo‘nalishida “Behin form metal“ MCHJ faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Joriy yildan ish boshlagan korxonamiz uchun “nol“ qiymatda bino ajratilib, qiymati 145 ming AQSH dollariga teng investitsiya evaziga metallni eritish va quyish uskunalari keltirib o‘rnatdik. Mazkur texnologiyalar kuniga turli diametrdagi 8 tonna armatura ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozir korxonamizda 30 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Mahsulotlarimizga talab kundan-kun ortayotganidan xursandmiz.

Kelgusi rejalarimiz katta – qo‘shimcha uskunalar keltirib o‘rnatish va ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga oid bir qator loyihalar ustida ishlayapmiz. Albatta, ishchi-xodimlar uchun sharoitlar yanada yaxshilanadi.

Har bir ishbilarmon, avvalo, qanday qilib o‘z korxonasi daromadini oshirish haqida bosh qotiradi. Bu esa, birinchi navbatda, mamlakat tinchligi bilan birga, davlat tomonidan xususiy biznesga qaratiladigan e’tibor va rag‘batga bog‘liq. Bu borada O‘zbekistonda hech qanday muammo yo‘qligi uning xalqaro hamjamiyatda o‘z o‘rni va nufuzi tobora yuksalib borishiga zamin yaratmoqda.

Behzod Asadiyon,
investor (Eron Islom Respublikasi)

O‘zA
2 330