O‘zA O`zbek

20.09.2018 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonning qadimiy shaharlariga xalqaro aviaqatnovlar kengayadi

Oʻzbekistonning qadimiy shaharlariga xalqaro aviaqatnovlar kengayadi

Jeyms LI, AFG Global Consulting kompaniyasi prezidenti (Janubiy Koreya): 

– Kompaniyamiz rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatib, muayyan loyihalar boʻyicha takliflar beradi. Oʻzbekistonda barcha sohalar qatori savdo-sotiq, turizm tarmoqlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar mamlakatingizga transport yoʻnalishida yangi loyihalarni kiritishimizga zamin yaratmoqda. 

Hozirgi kunda Buxoro, Samarqand, Xiva kabi yurtingizning turizm rivojlangan shaharlarini Toshkent bilan bogʻlovchi tezyurar poyezdlar qatnovini koʻpaytirish hamda ushbu shaharlarni boshqa mamlakatlar xalqaro aeroportlari bilan bogʻlovchi havo yoʻli tizimini takomillashtirishga oid loyihalarni ishlab chiqmoqdamiz. Bugungi konferensiyada bu boradagi hamkorligimizning istiqbolli yoʻnalishlarini har tomonlama muhokama qilib olish niyatidamiz. 

1 677
Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA