Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.05.2018 20:06 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonning jahon media maydonidagi roli kuchaytiriladi

O‘zbekistonning jahon media maydonidagi roli kuchaytiriladi Javad Mottagi: “Mintaqadagi yetakchi media tashkilotlarning O‘zbekistonga qiziqishi televideniye sohasidagi o‘zgarishlarni Osiyo-Tinch okeani ko‘p millionli auditoriyasiga yetkazish uchun zamin yaratadi”.

Toshkentda Osiyo-Tinch okeani teleradiouzatuvchilari uyushmasi (ABU) ma’muriy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bu yil bir yuz beshinchi bor tashkil etilgan tadbirda mintaqa davlatlarining yetakchi teleradiokompaniya va media tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekistonda jurnalistika, xususan, telejurnalistika xalqaro mezonlar asosida jadal taraqqiy etmoqda. Tizimda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanilmoqda, malakali va yosh kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

11.JPG

13.JPG

Osiyo-Tinch okeani teleradiouzatuvchilari uyushmasi ma’muriy kengashi yig‘ilishida bu jihatlarga alohida to‘xtalib, ilg‘or mamlakatlar tajribasi haqida ma’lumotlar berildi. Televideniye va radioeshittirish sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, O‘zbekistonning jahon media maydonidagi rolini kuchaytirish va mamlakat sayyohlik salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Ma’muriy kengash bosh kotibi Javad Mottagining fikricha, mintaqadagi yetakchi media tashkilotlarning O‘zbekistonga qiziqishi televideniye sohasidagi o‘zgarishlarni Osiyo-Tinch okeani ko‘p millionli auditoriyasiga yetkazish uchun zamin yaratadi.

Tashkilotning asosiy maqsadi – televideniye yangiliklarini almashish, qo‘shma televizion loyihalarni amalga oshirish orqali teleradioeshittirish tashkilotlarining rivojiga hissa qo‘shish va xalqaro forumlar, sport, mintaqaviy musobaqalar va tadbirlarni yoritish huquqini qo‘lga kiritishda ko‘maklashish hisoblanadi.

15.JPG

17.JPG

18.JPG

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2004-yildan buyon mazkur tashkilotga a’zo. 2015-va 2017-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan Toshkentda media-forumlar tashkil etildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarning Samarqand va Buxoro shaharlarigatashrifi rejalashtirilgan. Turkiya, Hindiston, Xitoy va Qozog‘iston telekanallari O‘zbekiston va uning sayyohlik salohiyati haqida maxsus loyihalar tayyorlashni maqsad qilgan.

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA
2 666