O‘zA O`zbek

10.12.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar Belarusda o‘qishni boshladi

O‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar Belarusda o‘qishni boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Belarus Milliy Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalariga aspiranturada o‘qishga jo‘natilgan 8 nafar yosh tadqiqotchini Belarus MFA bosh ilmiy kotibi Andrey Ivanes qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston -Belarus hamkorligi, xususan oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot sohasidagi aloqalar, uni yanada mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Shu bilan birga aspirantlarning kelgusi faoliyati, ilmiy-tadqiqot jarayonlari, fan nomzodi ishini tayyorlash tartiblari haqida aspirantlar bilan suhbat olib borildi.

O‘zbekistonlik tadqiqotchilar Belarus Milliy Fanlar akademiyasi tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlaridan o‘zlariga mos yo‘nalishlarni ilmiy tadqiqot yo‘nalishi sifatida tanlab oldi.Ularga Belarus Milliy Fanlar akademiyasining eng taniqli olimlari ilmiy rahbar etib tayinlandi.

1 695
O‘zA