O‘zA O`zbek

21.09.2018 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonlik harbiy sanʼatkorlar Xoʻjandda konsert dasturini namoyish etdi

Oʻzbekistonlik harbiy sanʼatkorlar Xoʻjandda konsert dasturini namoyish etdi 19-sentyabr kuni Tojikiston mudofaa vaziri dala oʻquv maydonida chegara hududlari yaqinidagi aholi yashash punktiga joylashgan shartli terrorchilarni bartaraf etish boʻyicha oʻtkazilayotgan Tojikiston-Oʻzbekiston hamkorlikdagi mashgʻulotlarning asosiy qismiga tayyorgarlik jarayonlarini kuzatdi.

Sherali Mirzo ilk marotaba oʻtkazilayotgan bu kabi qoʻshma mashgʻulotlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.

Shuningdek, mashgʻulotlarning real vaziyatga yaqin tarzda oʻtkazilishi, bunda har bir boʻlinmaoldida aniq vazifalar belgilangani haqida ham toʻxtalib oʻtildi.

photo_2018-09-19_22-39-01.jpg

photo_2018-09-19_22-39-23.jpg

photo_2018-09-19_22-39-26.jpg

photo_2018-09-19_22-39-57.jpg

Kunning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri jamoasi tomonidan ilk bor Xoʻjand shahri markazidagi “Kamoli Hoʻjandiy” bogʻida konsertdasturi namoyish etildi. Oʻzbek va tojik tillarida mahorat bilan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar hoʻjandliklar qalbidan munosib joy egalladi.

Eslatib oʻtamiz, Tojikistonda oʻtkazilayotgan oʻquv mashgʻulotlarida Oʻzbekiston tomonidan 100 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar oʻzlarining texnikalari bilan ishtirok etmoqda.


Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

2 098