O‘zA O`zbek

03.03.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistondagi 5 ta OTM nufuzli xorijiy oliy taʼlim dargohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilinadi

Oʻzbekistondagi 5 ta OTM nufuzli xorijiy oliy taʼlim dargohlari bilan hamkorlikda transformatsiya qilinadi

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻqituvchilarining yuklamasi maqbullashtirilsin, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida asosiy mutaxassislikka aloqasi boʻlmagan fanlar soni ikki baravarga qisqartiriladi. Bu haqda “2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” Prezident Farmonida keltirib oʻtilgan.

Shuningdek, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich ikki baravarga oshiriladi.

2020-yilda kamida 5 ta oliy taʼlim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy taʼlim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilish choralari koʻriladi.

2020-yil 1-sentyabrga qadar ilm-fanning ishlab chiqarish bilan faol integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablagʻlarini ajratish mexanizmi tubdan qayta koʻrib chiqiladi.

1 454
OʻzA