O‘zA O`zbek

04.10.2018 09:25 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda yangi koʻkrak nishoni taʼsis etildi

Oʻzbekistonda yangi koʻkrak nishoni taʼsis etildi

Xoʻsh, ushbu koʻkrak nishoni bilan kimlar taqdirlanadi?

“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Qaror bilan “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, ushbu koʻkrak nishoni bilan innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan yosh olimlar, talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanadi.

Mazkur koʻkrak nishoni bilan mukofotlash Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshiriladi.

“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish va taqdirlash tartibi quyidacha:

02.JPG
03.JPG

OʻzA
890