Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.01.2018 12:55 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari 5 oy oldin o‘qishni tamomladi. Nega?

O‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari 5 oy oldin o‘qishni tamomladi. Nega? O‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari 5 oy oldin o‘qishni tamomladi. Nega?
Bu yil birinchi marta tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim dargohlarida ta’lim olayotgan 7-kurs bakalavr hamda klinik ordinatura yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishi muddatidan 5 oy oldin yakunlandi.


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bir oy davomida hududlar, tumanlar va shifo maskanlarida tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj o‘rganilgan.

O‘rganishlar xulosasidan kelib chiqib, tibbiyot yo‘nalishidagi barcha bitiruvchilar doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida o‘z sohasi bo‘yicha ishga joylashtirildi. Ular 8-yanvardan boshlab ish faoliyatini boshlaydi.



Eslatib o‘tamiz, mazkur chora O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 12-dekabr kuni mamlakatimiz tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda.



Go‘zal Sattorova, O‘zA
7 815