O‘zA O`zbek

03.12.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda Rossiya Federatsiyasining madaniyat kunlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda Rossiya Federatsiyasining madaniyat kunlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 3-7 dekabr kunlari yurtimizda Rossiya Federatsiyasining madaniyat kunlari bo‘lib o‘tadi.

Madaniyat kunlari doirasida V.D.Polenov nomidagi Rossiya davlat xalq ijodiyoti uyi tomonidan “Loskutnaya mozaika Rossii” deb nomlangan zamonaviy ustalarning to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Ushbu ko‘rgazma ekspozitsiyasidan Rossiyaning turli hududlariga mansub mashhur hunarmand-ustalarning ishlari o‘rin olgan.

Shuningdek, Dog‘istonda xizmat ko‘rsatgan “Lezginka” akademik raqs ansamblining konsert dasturi ham o‘tkaziladi. Mazkur ansamblga 1958 yil sobiq ittifoq xalq artisti Tanxo Izrailov tomonidan asos solingan. Dunyoning 65 mamlakatiga gastrol uyushtirgan ansambl professional raqs jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov va festivallarda 48 marotaba g‘olib bo‘lgan. Ansambl tomonidan shu kunga qadar Rossiya, Dog‘iston va kavkaz xalqlarining 100 dan ortiq raqslari sahnalashtirilgan.

Konsert dasturi yuksak badiiy did bilan tashkillashtirilayotgani aytilmoqda.

1 046
O‘zA