O‘zA O`zbek

13.08.2018 11:26 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda oilaviy korxonalar soni qancha?

O‘zbekistonda oilaviy korxonalar soni qancha?

Oilaviy korxonalarning iqtisodiyotdagi ulushi yildan yilga oshib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 2018 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, 14514 tani tashkil etmoqda. Ulardan 13911 tasi yoki 95,8 foizi faoliyat yuritadi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda davlat ro‘yxatidan o‘tganlarning hamda faoliyat ko‘rsatayotganlarning umumiy soni o‘rtacha 26,0 foizga oshganini ta’kidlash lozim.

Oilaviy korxonalar sonining o‘sish dinamikasi, birlikda

photo5443046161012336819.jpg

Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari kesimida qaralganda, oilaviy korxonalarning 37,1 foiz yoki 5162 tasi sanoat, 21,5 foiz yoki 2994 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari, 16,5 foiz yoki 2297 tasi savdo, 11,3 foiz yoki 1572 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 1,3 foiz yoki 175 tasi qurilish, 1,1 foiz yoki 153 tasi axborot va aloqa, 1,1 foiz yoki 151 tasi tashish va saqlash, 1,0 foiz yoki 142 tasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda 9,1 foiz yoki 1265 tasi boshqa faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zA
2 075