O‘zA O`zbek

18.07.2019 19:04 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda necha kishi pensiya va nafaqa oladi?

Oʻzbekistonda necha kishi pensiya va nafaqa oladi?

2019-yilning 1-iyul holatiga koʻra yurtimizda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 593 532 nafarni yoki aholi sonidagi ulushi 10,8 %ni tashkil qildi. 

Pensiya jamgʻarmasining maʼlum qilishicha, 3 mln. 593 ming 532 nafar pensiya va nafaqa oluvchilar 75 foizi yoshga doir pensiya oluvchilar, 10,5 foizi nogironlik pensiyasi oluvchilar, 4,9 foizi boquvchisini yoʻqotganlik pensiya oluvchi oilalar, 9,6 foizi nafaqa oluvchilarni tashkil qiladi.

2019-yilning 1-yanvar holatiga nisbatan yoshga doir pensiya oluvchilar soni 75 450 nafar, nogironlik pensiya oluvchilar soni 6 593 nafar, boquvchisini yoʻqotganlik pensiya oluvchi oilalar soni 3 833 ta hamda yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik nafaqa oluvchi oilalar soni 22 812 nafarga ortgan.

2019-yilning yanvar-iyun oylarida 170 mingdan ziyod fuqarolarning murojaatlariga asosan ilk bor (yangi) pensiya va nafaqalar tayinlandi.

2019-yilning 1-iyul holatiga koʻra, Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalarining nogironlik belgilangani toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomalari va Tibbiy maslahat komissiya (TMK)larining nogironlik belgilangani toʻgʻrisidagi tibbiy xulosalariga asosan nogironlik pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 666 996 nafarni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 3,4 foizga koʻpaydi.

2019-yilning yanvar-iyun oylarida Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalarining (TMEK) nogironlik belgilangani toʻgʻrisidagi birlamchi tibbiy maʼlumotnomalari va Tibbiy maslahat komissiyalari (TMK) tomonidan berilgan birlamchi nogironlik tibbiy xulosalariga asosan 36 000 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga ilk bor nogironlik pensiya va nafaqalar tayinlanib, jami yangi tayinlangan pensiya va nafaqalar sonidagi ulushi 20,9 %ni tashkil qildi. 

2018-yilning yanvar-iyun oylarida 169 340 nafar fuqarolarning murojaatiga asosan ilk bor pensiya va nafaqalar tayinlangan. Shundan 35 252 nafariga nogironlik pensiya va nafaqalar tayinlangan (jumladan, 24 650 nafari 16 yoshdan katta yoshdagi nogiron shaxslar va 10 602 nafari 16 yoshgacha nogiron bolalar).

OʻzA
411