O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8900 nafardan oshdi

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8900 nafardan oshdi

2020-yil 2-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8904 (+123) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5847 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3030 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 16 nafari ogʻir, 9 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

1 382
OʻzA