O‘zA O`zbek

13.08.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 ming 837 nafarga yetdi

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 ming 837 nafarga yetdi

2020-yil 13-avgust soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 837 (+183) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida, 31 nafari Samarqand viloyatida, 11 nafari Namangan viloyatida, yana 11 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 63 yoshli D.A. (ayol) hamda Zangiota tumanida yashagan 66 yoshli X.E. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 25 659 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 6 965 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 1 375 nafari ogʻir, 410 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

1 328
O'zA