O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tibbiy kombinezonlar xorijga ham berilmoqda

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tibbiy kombinezonlar xorijga ham berilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida taʼkidlanishicha, mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar uchun zaxira koykalar yetarli.

Matbuot anjumanida, shuningdek, Oʻzbekistonda bakteriya va virusdan zararlanishning oldini oluvchi tibbiy kombinezonlar yaratilgani, koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar ushbu kombinezonlar bilan qachon taʼminlanishi haqidagi savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Bahrom Almatov javob berdi.

– Bu kabi kombinezonlar bizning zaxiramizda bor edi. Lekin kasallik soni ortgani sababli kombinezonga boʻlgan ehtiyoj keskin oshdi. Bugungi kunda tadbirkorlar tomonidan xalqaro talablarga javob beradigan kombinezonlar ishlab chiqarilmoqda va ular foydalanilmoqda. Bundan tashqari, xorijiy mamlakatlarga ham berilmoqda.

2 290
OʻzA