Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 18:35 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda innovatsion yordamchi reproduktiv texnologiyalarni joriy etish istiqbollari va usullari

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy Majlis Senati, Bosh prokuratura, Adliya, Moliya vazirliklari, Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari hamda Germaniya, Ukraina va Qozog‘istondan kelgan ekspertlar ishtirokida «O‘zbekistonda innovatsion yordamchi reproduktiv texnologiyalarni joriy etish istiqbollari va usullari» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari E.Bositxonova, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi N.Umarov, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbari D.Najmiddinova va boshqalar onalik va bolalikni huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy himoya qilish, oilalar farovonligini ta’minlash, har bir fuqaroning ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanini ta’kidladi.

Tadbirda oilalar farovonligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri – ayollar reproduktiv salomatligi, dunyoda juda katta ijtimoiy-psixologik muammolarni tug‘dirayotgan bepushtlik va uni keltirib chiqarayotgan omillar, sabablar, oldini olish chora-tadbirlari haqida so‘z bordi.

Xalqaro ekspertlarning fikriga ko‘ra, dunyoda 13-15 foiz reproduktiv yoshdagi juftliklar o‘rtasida bepushtlik tarqalgan bo‘lib, bu ijtimoiy va psixologik noqulayliklarga, oilaviy ajralishlar sonining ortib borishiga olib kelmoqda.

Davra suhbatida reproduktiv salomatlik borasida global tendensiyalar va texnologiyalar haqida fikr almashildi. Yordamchi reproduktiv texnologiyalarni tatbiq etishning yo‘llariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
782






Все о погоде - Pogoda.uz