O‘zA O`zbek

28.03.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda ilk bor qachon aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilgan?

O‘zbekistonda ilk bor qachon aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilgan?

O‘zbekiston hududida aholini ro‘yxatga olish dastlab 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam bergan.

Dastlabki aholini ro‘yxatga olish tadbirida O‘zbekistonda 3.5 milliondan ortiq aholi qayd etilgan.

O‘zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan.

Saytimizni kuzatib boring! 

1 342
O‘zA