O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

06.09.2018 14:38 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda ilk bor konkur boʻyicha jahon kubogi final bosqichi oʻtkazilmoqda


Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida ot sportining toʻsiqlardan sakrash (konkur) turi boʻyicha jahon kubogi final bosqichiga start berildi.

51a29f9c-c79c-4d58-92e3-27465b4c1100.jpg

Shu munosabat bilan mazkur ot sporti klubida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani oʻtkazildi.

90cd5d6f-7f6e-404a-ab51-e1e17b2fae71.jpg

Xalqaro ot sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi vakillari tomonidan Oʻzbekistonda ot sporti va yilqichilikni rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani, oʻzbekistonlik sportchilar xalqaro ot sportida oʻz oʻrniga ega ekani taʼkidlandi.

1195cadb-fbe1-4a0c-81df-46cc09ad4c64.jpg

Mazkur nufuzli musobaqaning final bosqichi ilk bor Osiyo mintaqasida birinchilardan boʻlib mamlakatimizda oʻtkazilmoqda. Mazkur musobaqaning 2018-yilgi final bahsiga Portugaliya, Ekvador va bir qator Janubiy Amerika qitʼasi davlatlari bilan bir qatorda Oʻzbekiston ham mezbonlik qilish uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritilgan edi. Xalqaro ot sporti federatsiyasining 2017-yil noyabr oyida Urugvay poytaxti Montevideo shahrida oʻtkazilgan Bosh Assambleyasida saylov yoʻli bilan Oʻzbekiston nomzodi navbatdagi jahon kubogining final bosqichiga mezbonlik qilish huquqiga ega boʻlgan edi.

d997955e-a428-416c-a052-075b758ca35e.jpg

Musobaqaning final bosqichida dunyoning 16 davlatidan 19 sportchi gʻoliblik uchun oʻzaro bellashadi. Mamlakatimiz sharafini mohir chavandozlar – Abdushukur Sobirjonov va Saidamirxon Turgʻunboyev himoya qiladi.

Matbuot anjumanidan soʻng mubosaqa final bosqichiga rasman start berildi.

A.Xudoyqulov, F.Abdurasulov (surat), OʻzA