Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 12:52 Chop etish versiyasi

«O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi» statistik to‘plami nashr etildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytida xabar berilishicha, «O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasi» statistik to‘plami nashr etildi.

To‘plamda tovar va xizmatlar iste’mol bozori, transport va aloqa xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati to‘g‘risida statistik ma’lumotlar, asosiy demografik tavsiflar, aholi bandligi, uning turmush darajasi, yashash sharoitlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalari ko‘rsatkichlari chop etilgan.

To‘plam korxonalar, tashkilotlar, vazirliklar, idoralardan olingan ma’lumotlar, shuningdek, uy xo‘jaliklari byudjetini tanlanma kuzatish ma’lumotlari asosida tayyorlangan.


858






Все о погоде - Pogoda.uz