O‘zA O`zbek

31.08.2018 17:08 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda har oyning uchinchi jumasi – “Avtomobilsiz kun”

Oʻzbekistonda har oyning uchinchi jumasi – “Avtomobilsiz kun”

Yoʻl harakati xavfsizligi kunini oʻtkazish va yoʻl-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

“Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni” doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qilish, monitoringini olib borish, shuningdek, vakolatli organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirish Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Qarorga muvofiq, “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibot kuni”ni oʻtkazish boʻyicha dastur tasdiqlandi.

Shuningdek, ushbu hujjat bilan Ichki ishlar vazirligining tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda keng jamoatchilik ishtirokida har oyning uchinchi juma kunida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyishi belgilandi.

Bundan tashqari, Xalq taʼlimi vazirligi zimmasiga tegishli vazirliklar bilan birgalikda “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” majburiy fanini joriy etish dasturlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

OʻzA
3 646