O‘zA O`zbek

10.01.2018 15:24 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni qariyb 300 mingtaga yetdi

2017-yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda 41 mingdan ortiq korxona va tashkilot tashkil etildi. Bu 2016-yilning shu davriga nisbatan 25,2 foiz ko‘p.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tarqatgan xabarlarga ko‘ra, faoliyati tugatilgan korxona va tashkilotlarning soni 2016 yilning shu davriga nisbatan 2,7 foizga kamaygan.

Yangi tashkil etilgan korxonalar tugatilgan korxonalarga nisbatan 1,5 barobarga ko‘proq.

Hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2017-yilning boshiga nisbatan 6,4 foizga o‘sib, ularning umumiy soni 285,5 mingtani tashkil etmoqda.

Korxona va tashkilotlarning 21,5 foizi Toshkent shahrida, 9,4 foizi Toshkent viloyatida, 9 foizi Farg‘onada, 8,6 foizi Andijonda joylashgan.

O'zA
11 211