O‘zA O`zbek

28.08.2018 09:33 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda Davlat byudjeti daromadlari 33 161,5 milliard soʻmni tashkil qildi

Oʻzbekistonda Davlat byudjeti daromadlari 33 161,5 milliard soʻmni tashkil qildi

Parlament quyi palatasi deputatlari Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2018-yil I yarim yillikdagi ijrosini muhokama qildi.

Joriy yilning I yarmi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti qariyb 153 trillion soʻmni, bu borada oʻsish oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, 2017-yilning mos davriga nisbatan sanoat – 6,1 foizga, qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi – 2,7 foizga, qurilish – 9,7 foizga, savdo, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 1,7 foizga, boshqa xizmatlar sohasi – 5 foizga oʻsishiga erishildi.

2018-yilning birinchi yarmida Davlat byudjeti tasdiqlangan parametrlarga muvofiq amalga oshirilib, 144,3 milliard soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilishi taʻminlangan.

Hisobot davrida Davlat byudjeti daromadlari 33 161,5 milliard soʻmni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 47,7 foiz oʻsishiga erishilgan, belgilangan reja 4 863,7 milliard soʻmga ortigʻi bilan yoki 117,2 foizga bajarilgan.

OʻzA
1 887