O‘zA O`zbek

07.08.2018 15:28 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda “Business city”lar tashkil etiladi

O‘zbekistonda “Business city”lar tashkil etiladi
“Business city” markazlari qurilishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida ishtirok etayotganlarga imtiyozlar berildi.

Prezidentning 2018-yil 2-avgustdagi qaroriga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Business city” shaklida zamonaviy ishbilarmonlik markazlari tashkil etiladi.

Bu haqdagi tegishli qarorlar 2019-yil 1-yanvarga qadar qabul qilinishi lozim.

Qaror bilan, shuningdek, “Business city” markazlari qurilishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida ishtirok etayotgan investorlar va boshqa tashkilotlariga soliq va bojxona imtiyozlari berildi. Bu haqida Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali orqali eslatmoqda.

O‘zA
2 460