O‘zA O`zbek

15.08.2018 10:23 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda 7 oyda tashqi savdo aylanmasi 17,8 mlrd. AQSH dollar

O‘zbekistonda 7 oyda tashqi savdo aylanmasi 17,8 mlrd. AQSH dollar

2018-yil yanvar – iyul oylari yakunlariga ko‘ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 17,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,2 foizga o‘sdi.

Shu jumladan, eksport hajmi 7,6 mlrd. AQSH dollarga (o‘sish sur’ati 15,7 foiz) va import hajmi deyarli 10,2 mlrd. AQSH dollariga (o‘sish sur’ati 31,4 foiz) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 2,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

photo5449503111765928246.jpg

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilinishi, eksportni qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida eksport tarkibida sezilarli o‘zgarishga erishildi. Jumladan, xomashyo eksportidan qo‘shilgan qiymati yuqori hamda sarmoya talab tovarlar eksportiga yo‘naltirilgan tashqi savdo amalga oshirilmoqda.

photo5449503111765928247.jpg

2018-yil yanvar – iyul oylarida respublika tashqi savdo aylanmasida eng katta ulushga ega davlatlar ketma-ketligi joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qoldi. 2017-yil yanvar – iyul oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,5 foizni tashkil qilgan edi. Respublikada tashqi savdoni qo‘llab quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2018-yil yanvar – iyul oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 38,5 foizga yetdi.

Boshqa xorijiy davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2017 yilning yanvar – iyul oylarida 65,5 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning ushbu davrida esa tashqi savdo aylanmasi 61,5 foizga tushdi.

photo5449503111765928248.jpg
photo5449503111765928249.jpg
photo5449503111765928250.jpg

Respublikaning eksporti 2018-yil yanvar – iyul oylarida eksport hajmi 7,6 mlrd. AQSH dollarga (o‘sish sur’ati 15,7 foiz) teng bo‘ldi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 77,8 foizni tashkil etib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (19,2 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari (8,7 foiz), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (6,9 foiz) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

photo5449503111765928251.jpg
photo5449503111765928252.jpg

Respublika eksportida asosiy hamkor davlatlarning hajmi, mln. AQSH doll.

photo5449503111765928253.jpg

Respublikadan eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi xissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 34,9 foizini tashkil qiladi. Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinayotgan tovarlar tarkibiga nazar tashlasak, asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

O‘zA
1 861