Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.08.2018 11:55 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda 7 oyda chakana savdo tovar aylanmasi 68958,4 milliard so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda 7 oyda chakana savdo tovar aylanmasi 68958,4 milliard so‘mni tashkil etdi

Chakana savdo tovar aylanmasida nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi.

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining so‘nggi 7 oy mobaynidagi chakana savdo tovar aylanmasini e’lon qildi.

Respublika bo‘yicha joriy yilning yanvar – iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 68958,4 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,0 foizga o‘sdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 9036,8 milliard so‘mni (o‘sish sur’ati 18,5 foiz), kichik tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 59916,8 milliard so‘mni (o‘sish sur’ati 2,2 foiz) hamda uyushmagan savdoda tovar aylanmasi 8806,6 milliard so‘mni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,9 foizga kamaygan) tashkil etdi.

Hududlar kesimida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi (mlrd. so‘m)

photo5451754911579613525.jpg

2017-yilning shu davriga nisbatan respublikaning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasida o‘sish sur’atlari kuzatilib, nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 foizga o‘sdi va 9036,8 milliard so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 13,1 foiz ulushiga to‘g‘ri keladi.

Kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 59916,8 millirad so‘mni tashkil etib, 2017-yilning yanvar – iyul oylariga nisbatan 2,2 foizga o‘sishga erishdi. Respublika miqiyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 86,9 foizga teng kelmoqda.

2018-yil yanvar – iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi respublika bo‘yicha aholi jon boshiga 2103,6 ming so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 foizga ko‘paygan. Ushbu ko‘rsatkich respublika hududlari kesimida quyidagicha ko‘rinish olgan:

photo5451754911579613526.jpg
photo5451754911579613527.jpg

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, respublikaning barcha hududlarida aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oshgan. Boshqa hududlarga nisbatan ushbu ko‘rsatkich Toshkent shahri (6311,8 ming so‘m), Navoiy viloyati (2808,8 ming so‘m) va Toshkent viloyatida (2542,4 ming so‘m) sezilarli darajada yuqori bo‘lib, buni ushbu hududlarda yirik savdo va sanoat korxonalarining joylashganligi bilan izohlash mumkin. 2018-yilning o‘tgan davri mobaynida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 2,8 foizni tashkil etib, 1948,3 milliard so‘mga yetdi yoki o‘tgan yilning yanvar – iyul oylariga nisbatan 0,6 foizga o‘sishga erishildi. Bunda jami savdo aylanmasining 85,9 foiz ulushi kichik tadbirkorlik subyektlari ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zA
1 865