O‘zA O`zbek

15.08.2018 11:00 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda 7 oyda 690,5 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilindi

O‘zbekistonda 7 oyda 690,5 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilindi

2018-yilning yanvar – iyul oylarida jami 690,5 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari 527,4 mln. AQSH dollariga (o‘sish sur’ati 74,0 foiz) eksport qilindi.

photo5449503111765928263.jpg

Meva-sabzavot mahsulotlarining tarkibiga qaralsa, 463 ming tonnadan ko‘proq sabzavotlar 204,4 mln. AQSH dollariga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 martaga ko‘proq miqdor (tonna)dagi, 171,7 ming tonna meva va rezavorlar 270,8 mln. AQSH dollariga (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,9 ming tonna ko‘p) eksport qilingan.

photo5449503111765928264.jpg
photo5449503111765928265.jpg

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘zA
1 632