O‘zA O`zbek

01.09.2018 10:42 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda 261nafar fuqaro afv etildi (video)

Oʻzbekistonda 261nafar fuqaro afv etildi (video)
Mamlakatimizda ulugʻ ayyomlar arafasida insoniylikning oliy namunalaridan boʻlmish – afv amallarini qoʻllash urfga kirdi. Eng ulugʻ, eng aziz bayramimizning bu yilgi tantanasidan oldin ham xuddi shu ishga qoʻl urildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi. Unga koʻra, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan 261nafar fuqaro afv etildi.

261 nafar odam, 261 taqdir... Bu degani – shuncha odamning koʻpchiligi bayramni bagʻri butunlik bilan oʻtkazadi degani. Bu – shuncha oilaning quvonchi rostmanasiga tatiydi, roʻzgʻori obod boʻladi, qozoni yaxshiroq qaynaydi, degani. Va nihoyat, bu degani – zulmga qarshi zulm emas, kenglik bilan, shafqat bilan, boring ana, maʼrifat bilan kurashish yoʻli tugal tanlanganidan dalolat.

Toʻgʻri, hozir afv etilganlar – bir vaqtlar holva yegani va yoxud shunchaki laylak haydab yurgani uchun ariston qilinmagan. Xato qildi – jazosini oldi. Bugun esa afv etildi. Bor hikmat mana shunda, yaʼni xatosini anglab, endi astoydil pushaymon qilgan mardumga – toʻsh-bagʻirni ochib, muruvvat koʻrsata bilishda. Xullas, yurt yetakchisining shu farmoni bilan bayram bayramdek oʻtib, barchaga tatiydigan boʻldi. Aytmoqchi, bugungi hujjatning yana bir oʻziga xosligi bor...


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi
 bilan hamkorlikda tayyorlandi

OʻzA
2 339