O‘zA O`zbek

16.08.2018 14:12 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda 21-23-avgust kunlari bayram sifatida keng nishonlaniladi

O‘zbekistonda 21-23-avgust kunlari bayram sifatida keng nishonlaniladi
Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 21-avgust seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2018-yil 21-23-avgust kunlari mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Farmonda 2017-yil 28-dekabrdagi Prezident Farmonida nazarda tutilgan 2018-yil 24-avgust kundagi dam olish kuni 22-avgust chorshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan.

Qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirishga oid mazkur Farmonda, shuningdek, 25-avgust shanbadagi dam olish kunini 23 avgust payshanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan edi.

Shunga ko‘ra, 2018-yil 21–23-avgust kunlari 5 kun ishlaydiganlar uchun, 21-22-avgust kunlari 6 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.

O‘zA
3 905