O‘zA O`zbek

19.07.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston xalq shoiri Shukrullo vafot etdi

Oʻzbekiston xalq shoiri Shukrullo vafot etdi

Oʻzbekiston xalq shoiri Shukrullo (Yusupov) bugun, 19-iyul kuni 99 yoshida vafot etdi.

Shoir 1921-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning “Chollar” (1948), “Rossiya” (1956), “Ikki qoya” (1964), “26 tong otari” (1966), “Gul va otash” (1972), “Koʻngil chirogʻi” (1975), “Asr bahsi” (1985) kabi dostonlari, “Bahor sovgʻasi” (1962), “Yulduzlar” (1964) kabi sheʼriy toʻplamlari, “Xatarli yoʻl” (1962), “Tabassum oʻgʻrilari” (1964), “Toʻydan keyin tomosha” (1980), “Oʻgʻrini qaroqchi urdi” (1982) kabi esselari kitobxonlar koʻnglidan joy olgan.

Adib Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994) boʻlgan. “Doʻstlik” (1994) va “El-yurt hurmati” (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.

16 602
O'zA