Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 19:58 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab chop etilgan "Bugunning nafasi" nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, O‘zbekiston xalq shoirlari S.Sayyid, M.Toir va boshqalar mustaqillikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, mustahkamlash, tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, yosh avlodni shu ruhda kamolga yetkazishga oid ezgu ishlar bugungi kunda ham izchil davom ettirilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev shu yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yurtimizda kechayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari ko‘lami, shiddatli o‘zgarishlar jarayonini hayotiy, jonli tarzda aks ettirish barcha ijodkorlar, jumladan, qalam ahlining ham burchi ekanini ta’kidlagan edi.

Bu boradagi vazifalardan kelib chiqqan holda Yozuvchilar uyushmasi tomonidan qisqa vaqt ichida "Bugunning nafasi" nomli ocherk, esse va badiiy publitsistik maqolalar to‘plami tayyorlanib, nashr etildi. Kitobdan yurtimizdagi olamshumul yangiliklar, bunyodkorliklar va ayni chog‘da zamonamiz qahramonlarining hayoti, orzu-intilishlari, ularning ma’naviy hayotida yuz berayotgan hayotbaxsh evrilishlar haqidagi maqola, ocherk, badialar o‘rin olgan.

Iqbol Mirzo, Mahmud Toir, Enaxon Siddiqova, Sa’dulla Hakimov, Ahmadjon Meliboyev, Saydi Umirov, Mirpo‘lat Mirzo, Murod Abdullayev, Shuhrat Rizayev, O‘ktam Mirzayor, Sharifa Salimova kabi ijodkorlarning badiiy publitsistik maqolalari dolzarbligi va jozibali tilda ekani bilan diqqatga sazovor. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda yashab, ijod qilayotgan adiblar, iste’dodli yosh ijodkorlarning maqolalari ham kitob mundarijasini boyitgan.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 199






Все о погоде - Pogoda.uz