O‘zA O`zbek

02.08.2018 16:39 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi oilaviy ajrimning 10 ta sababini ko‘rsatdi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi oilaviy ajrimning 10 ta sababini ko‘rsatdi Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning olti oyida qayd etilgan oilaviy ajrimlar soni 16 ming 449 tani tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 871 taga ko‘p demakdir.

Shu bois ham oilaviy ajrimlarning sabablari o‘rganildi. Ajrimlarga eng ko‘p sabab bo‘layotgan omillar quyidagilar:

1.Uy-joy masalasi;

2. Ishsizlik;

3. Moddiy yetishmovchilik;

4.Yoshlarning mustaqil hayotga tayyor bo‘lmasdan oila qurishi;

5.Er yoki xotinning ishlash uchun boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;

6. Oilada ma’naviy-axloqiy muhitning yomonligi;

7.Oilaga tashqaridan boshqa shaxslarning aralashuvi;

8.Qaynona-kelin munosabatlari;

9.Oila qurishdan oldin kelin-kuyovning oilaviy sharoiti, xizmat vazifasining xususiyatlari (masalan, harbiylarning) haqida ma’lumoti yo‘qligi;

10. Oilaviy qadriyatlarga bepisandlik.

O‘zA
4 312