O‘zA O`zbek

29.08.2018 17:10 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi logotipini oʻzgartirdi

Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi logotipini oʻzgartirdi
Undagi nozik ayol siymosi ayol sifatlarini va Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlarini ifoda etadi.

Yangi ramzda aks etganayolning kelajakka umid bilan intilgan nigohi esa xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlari kengaytirilganligini,shamolda jilvalanayotgan mayin sochlari maqsad sari sekin, ammo haqli intilishlarini bildiradi.

Yangi logotip toʻq xavo rangdagi aylana shaklida boʻlib, uning markazi boʻylab oq rangda kelajakka umid bilan boqib turgan ayol siymosi, uning shamolda jilvalanayotgan sochlari tasvirlari aks ettirilgan.

Oq va moviy koʻk ranglar hamda “ikat” milliy matosining naqshini qoʻllanilishi boshqa ayollar tashkilotlaridan farqlanishi va betakrorlikni anglatadi.

Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi 
matbuot xizmati

OʻzA
2 420