O‘zA O`zbek

01.02.2018 14:00 Chop etish versiyasi

“O‘zbekiston XDPning eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi

Navoiyda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tomonidan “O‘zbekiston XDPning eng faol ayoli” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Loyihalar taqdimoti, “Qonunlarimiz hayotimiz asosidir”, siyosiy hozirjavoblik kabi shartlarda ishtirokchilar bilimi, mahorati va tajribasi sinovdan o‘tkazildi.

Navbahor tumanidagi 16-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Charos Bozorova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rinni Qiziltepa tumanidagi 13-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Zamira Amonova egallagan bo‘lsa, Uchquduq konchilik kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi Shohida Abdug‘afforova uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
8 205