Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.10.2017 20:22 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston va Rossiya Qurolli Kuchlari o‘quv mashqi: eng maqbul harakat usullari rejalashtirildi

O‘zbekiston va Rossiya Qurolli Kuchlari o‘quv mashqi: eng maqbul harakat usullari rejalashtirildi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining “Forish” tog‘-dala o‘quv maydonida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirliklari qo‘shinlari bo‘linmalarining maxsus taktik-o‘quv mashqlari davom etmoqda.

Ikki davlat tog‘ o‘qchi bo‘linmalari komandirlari ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni ado etish uchun belgilangan hududni o‘rganish, eng maqbul taktik harakat usullarini rejalashtirish, qaror qabul qilish, qurol-yarog‘ va harbiy texnika vositalarini tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston tomonidan mayor Muhammad Xoldorov, Rossiya tomonidan kapitan Nurali Shaxmanov komandirligida noqonuniy qurollangan kuchlar joylashgan hududda razvedka ishlarini olib borish, ularning moddiy ta’minot, qurol-yarog‘ va harbiy texnikalariga shikast yetkazish va yo‘q qilish, garovga olinganlarni ozod qilish hamda shartli buzg‘unchi kuchlarni batamom yakson qilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

41.JPG

– Terrorizm global xavfga aylangan bugungi davrda xatar va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish taktikalarini ishlab chiqish, kuch va harakatlarni muvofiqlashtirishning eng maqbul uslublarini qo‘llashni hayotning o‘zi taqozo etayotir, – deydi mayor Muhammad Xoldorov. – Bu xavfga qarshi kurashda Rossiya harbiylari bilan yaqin hamkorlik har ikki tomon uchun juda foydali bo‘ladi, albatta. Ushbu o‘quv-mashq davomida o‘zaro tajribalar almashmoqdamiz.

O‘quv mashqlari doirasida ikki mamlakat tog‘ o‘qchi bo‘linmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida o‘tochar qurollardan otish, tog‘ to‘siqlari yo‘lagidan o‘tish, qurol-aslaha va tegishli anjomlar bilan uzoq masofaga yugurish kabi yo‘nalishlarda musobaqalar o‘tkazildi. Kapitan G‘iyos Jamolov hamda katta leytenant Sergey Baromыko komandirligidagi bo‘linmalar shaxsiy tarkibi o‘rtasida kechgan 5 kilometr masofaga yugurish, murakkab tog‘ to‘siqlari yo‘lagidan o‘tish musobaqasi, ayniqsa, yodda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi.

Toshqul Beknazarov, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
2 062






Все о погоде - Pogoda.uz