Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.09.2017 16:15 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasidagi “Kosonsoy” chegara-bojxona posti faoliyati qayta tiklandi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasidagi “Kosonsoy” chegara-bojxona posti faoliyati qayta tiklandi Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda viloyat va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari, milliy madaniy markazlar rahbarlari, faxriylar, yoshlar, jurnalistlar, shuningdek, Olabuqa rayoni hokimi o‘rinbosari boshchiligida tashrif buyurgan qirg‘izistonlik mehmonlar ishtirok etdi.

Mehmonlar chegara postida o‘zbekona mehmondo‘stlik udumlariga binoan karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi.

Marosimda o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining tarixi umumiy, madaniy va diniy qadriyatlari mushtarak, an’ana va urf-odatlari o‘xshash ekani, xalqlarimiz o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik, qardoshlik va ahil qo‘shnichilik munosabatlari keyingi vaqtlarda yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 5-sentabr kuni Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Prezident Almazbek Atamboyev bilan uchrashuvi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamladi, – deydi Kosonsoy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi J.Yo‘ldoshev. – Eng muhimi, xalqlarimiz o‘rtasidagi milliy munosabatlarda azaliy do‘stona mehr-oqibat, o‘zaro xayrixohlik, ishonch va samimiyat yana o‘z o‘zanini topdi.

8.jpg

Bugun faoliyati tiklangan mazkur chegara posti o‘zaro do‘stligimiz va ahil-inoqligimizning yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi.

– Men Qirg‘izistonning Olabuqa tumanida tug‘ilganman, – deydi Kosonsoy tumanidagi 2-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi M.Rejabboyeva. – 2000-yilda bu yerga kelin bo‘lib tushdim. O‘tgan yillar mobaynida qarindosh-urug‘larimiz bilan bordi-keldi qilish chegaradagi muammolar tufayli biroz qiyinlashib qolgan edi. Prezidentimizning yaqinda Qirg‘izistonga davlat tashrifidan so‘ng har ikki tomondagi jigarbandlarni qiynayotgan bu muammoga barham berildi. Xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar uchun davlatimiz rahbaridan behad minnatdormiz.

9.jpg

–  To‘rt jiyanim Kosonsoy tumaniga turmushga chiqqan, – deydi Olabuqa rayoni Oqsoqollar kengashi raisi M.Samatqulov. – Ular bilan keyingi bir necha yil mobaynida bordi-keldi qilolmay keldik. Biroq xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy qardoshlik rishtalari sira uzilmagan. Ishonamiz, bundan keyin ham yanada mustahkamlanib boraveradi. Shunday tarixiy kun barchamizga muborak bo‘lsin!

Viloyat san’atkorlari, badiiy havaskorlik jamoalarining o‘zbek, qirg‘iz va boshqa millatlar kuy-qo‘shiqlari, raqslaridan tuzilgan konsert dasturi tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
3 337






Все о погоде - Pogoda.uz