O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

01.09.2018 12:29 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston va AQSH: huquq-tartibot sohasida hamkorlik rivojlanmoqda (video)

Oʻzbekiston va AQSH: huquq-tartibot sohasida hamkorlik rivojlanmoqda (video)
Oʻzbekiston va Amerika Qoʻshma shtatlari munosabatlari bugungi kunda samarali tus olayotgani maʼlum. Hamkorlik koʻp jabhalarda, jumladan, huquq-tartibot sohasida ham rivojlanib bormoqda.

Oʻzaro aloqalarning eng muhim qirralari – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda qoʻshma shtatlarning eng yirik huquq-tartibot idoralaridan biri boʻlmish Federal qidiruv byurosi oʻrtasida imzolangan qator hujjatlarda oʻz aksini topgan. Mazkur tashkilot direktori oʻrinbosari Devid Boudich boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkentga tashrifi chogʻida ham aynan shu masalalarga alohida urgʻu berildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
huzuridagi Axborot-tahlil multimedia 
markazi bilan hamkorlikda tayyorlandi

OʻzA