Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.01.2018 12:52 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yunusobod tumani bo‘limi, O‘zbek Milliy akademik drama teatri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida “O‘zbekiston –yagona Vatanim, milliy armiyam – faxrim, tayanchim” shiori ostida tashkil etilgan tadbirga professor-o‘qituvchilar, harbiy xizmatchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, yozuvchi va shoirlar, san’atkorlar, talaba-yoshlar taklif etildi.

– O‘z kasbiga sadoqatli harbiylarimizning mashaqqatli mehnatini e’tirof etish, shu bilan birga navqiron avlodda vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlashda bu kabi tadbirlar muhim ahamiyatga ega, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yunusobod tumani bo‘limi rahbari Alisher Mahkamov. – Shu bois ta’lim maskanlari, mahallalar, mehnat jamoalari, turli korxona va tashkilotlarda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlarga jamoatchilik, nuroniylar, harbiylar bilan birga yoshlarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Tadbirda san’atkorlar tomonidan Vatan, tinchlik, jasorat va onani ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
903