O‘zA O`zbek

05.07.2019 21:19 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Respublikasida elektron hukumatni rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasida elektron hukumatni rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi va uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilib, muhokama qilish uchun joylashtirildi.

Hujjat sohada mavjud muammolarni aniqlash, asosiy maqsadlarni va rivojlanish ustuvor yoʻnalishlari va tamoyillarini belgilash orqali “Elektron hukumat” tizimini (keyingi oʻrinlarda EP tizimi deb ataladi) takomillashtirishni nazarda tutadi.

Konsepsiya loyihasi ochiqlikni va aholining elektron ishtirokini, axborot xavfsizligini taʼminlash, ishonch munosabatlarini shakllantirish, innovatsion ekotizimni rivojlantirish darajasini oshirish masalalarini oʻz ichiga oladi.

Konsepsiyani va uni amalga oshirish boʻyicha har yili ishlab chiqiladigan “Yoʻl xaritalari”ning sifati va samaradorligi asosiy koʻrsatkichlarga erishilganligini baholash orqali aniqlanadi.

Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida joylashtirilgan Konsepsiya loyihasini muhokama qilishda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

Hujjat bilan batafsil tanishib, oʻz taklif va mulohazalaringizni 2019-yil 4-avgustgacha mazkur havola orqali taqdim etishingiz yoki Agentlikning elektron pochtasiga quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: info@napm.uz.

OʻzA
3 677