O‘zA O`zbek

29.08.2018 19:29 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra oʻtkazilgan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra oʻtkazilgan “Eng ulugʻ, eng aziz” Respublika koʻrik-tanlovining gʻoliblari va ragʻbatlantiruvchi mukofot sohiblari

Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari boʻyicha:

1-oʻrin

Abduvali Qutbiddinov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, “Xalq soʻzi” gazetasi ijodiy xodimi

Respublika markaziy nashrlarida eʼlon qilingan “Madadi Sino”, “Shoir ruhi yonishi shartmi?”, “Dunyo oʻzgardi”, “Shamollar shivirlar bodom shoxida”, “Soʻnggi parvoz” kabi adabiyotni, kitobxonlikni hamda ijod olamini teran tahlil etgan maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy esse va lavhalari uchun.

2-oʻrin

Dilfuza Shomalikova, yozuvchi, “Gʻuncha” jurnali bosh muharriri (Toshkent shahri)

“Tuproq oʻynayotgan bola” bugungi kun bolasining ezgu orzulari, hayotda oʻz oʻrnini topishga boʻlgan intilishlari badiiy talqin qilingan tarbiyaviy qissasi uchun.

3-oʻrin

Murod Tillayev, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi

Yoshlarning harbiy sohaga qiziqishlari, milliy armiyamizni isloh etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning oʻsmirlar ruhiyatiga mos tarzda badiiy obrazlar vositasida yoritilgan “Temurbeklar maktabi” nomli badiiy qissasi uchun.

Ragʻbatlantiruvchi mukofot

Amir Fayzullayev, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Jahon adabiyoti” jurnali boʻlim muharriri

Markaziy nashrlarda jahon adabiyotining durdona asarlari targʻibotiga bagʻishlangan chiqishlari, kitobxonlik madaniyatini keng targʻib etish ishiga qoʻshgan munosib hissasi uchun.

Bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining jurnalistlik ishlari boʻyicha:

1-oʻrin

Said Rahmonov, “Xalq soʻzi” gazetasi boʻlim muharriri

Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, Harakatlar strategiyasi doirasida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qishloq xoʻjaligi sohasidagi klaster tizimiga oid turkum materiallari uchun.

2-oʻrin

Andijon viloyati Baliqchi tumani hokimligining “Gʻalaba” gazetasi tahririyati (bosh muharrir Shahzoda Karimova)

Respublikada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, “Har bir oila tadbirkor”, “Obod qishloq”, “Yoshlar kelajagimiz” dasturining Baliqchi tumanidagi ijrosiga oid turkum materiallari uchun

3-oʻrin

Xayrullo Astanaqulov, “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi boʻlim mudiri

“Yurt tayanchidir – bu alp oʻgʻlonlar”, “Oʻzbek – afgʻon chegarasidagi taassurotlar”, “Berlin osmonini kesib oʻtgan birinchi oʻzbek” kabi harbiy-vatanparvarlik mavzuidagi turkum materiallari uchun.

Ragʻbatlantiruvchi mukofot

Adolat Fayziyeva, Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi muxbiri

“Postda” gazetasi hamda “Qalqon” jurnalida chop etilgan yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olishga oid “Birni koʻrib fikr qil”, “Goʻdakning bahosi boʻladimi?”, “Qingʻir ishning qiyigʻi” kabi turkum tahliliy maqolalari, shuningdek, “Tinchligimiz abadiy boʻlsin”, “Muqadassan ona yurt, muqaddassan istiqlol”, “Soʻzi – hikmat, hayoti – ibrat”, “Baxtli umr sohibi” kabi maʼnaviy-maʼrifiy materiallari uchun.

Manzura Shamsiyeva, “Guliston” jurnali boʻlim muharriri

“Mustaqillik va taraqqiyot” ruknida eʼlon qilingan turkum maqolalarida mamlakatimizning turli hududlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini chuqur ochib bergani uchun.

Internet jurnalistikasi yoʻnalishi boʻyicha (Ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʻyxatiga olingan veb-saytlardagi materiallar):

1-oʻrin

Azizbek Abduvaliyev, www.daryo.uz veb-sayti tahririyati Namangan viloyati muxbiri

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga faol munosabati, turkum tahliliy materiallari, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazining “UzWaterAware” loyihasi doirasida eʼlon qilgan maqolalari uchun.

2-oʻrin

Sayyora Shoyeva, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi veb-sayti yetakchi muharriri

Ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarga bagʻishlangan turkum maqolalari, jamiyatdagi oʻz yechimini kutayotgan masalalarni yoritishdagi faol ishtiroki hamda tarixiy mavzularda eʼlon qilingan materiallari jamoatchilikda katta qiziqish uygʻotgani uchun.

3-oʻrin

Faxrullo Hamidullayev, www.upl.uz veb-sayti bosh muharriri

Soʻnggi yillarda yurtimizda yuz berayotgan ulkan oʻzgarishlar va mavjud muammollar tahliliga bagʻishlangan publitsistik maqolalari, qiziqarli suhbat va ocherklari uchun.

Ragʻbatlantiruvchi mukofot

Ruslan Nalbantov, Respublika bolalar va oʻsmirlarining “Klass!” gazetasi muxbiri

www.klass.uz veb-saytida yoritilgan bolalar ijodiyoti markazlarining faoliyati, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan olib borilayotgan islohotlar, maktab oʻquvchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, fan, taʼlim-tarbiya masalalariga bagʻishlangan turkum materiallari uchun.

Miyrigul Pirnazarova, Qoraqalpogʻiston axborot agentligi sharhlovchisi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy hayoti, hududda yuz berayotgan oʻzgarishlarga bagʻishlangan turkum publitsistik maqolalari uchun.

Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari boʻyicha:

1-oʻrin

Toʻlqin Yarkulov, “Mahalla” radiokanali katta muharriri

“Xalq orasida”, “Jarayon”, “Sehrli qalpoqcha” turkum tahliliy-tanqidiy eshittirishlarida davlat idoralarining xalqqa xizmat qilayotgani, bu jarayonda yurtimiz mahallalarida uchrayotgan mavjud muammolar va ularga inson manfaatlari yoʻlida yechim topilayotgani oʻziga xos jurnalistik mahorat bilan ochib berilgani uchun.

2-oʻrin

Ruxsora Gʻofurova, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi axborot loyihasi rahbari

Qashqadaryo viloyatidan turli sohalar boʻyicha tayyorlagan tahliliy-tanqidiy lavhalari uchun.

3-oʻrin

Gulyuz Siddiqova, “Madaniyat va maʼrifat” telekanali muharriri

“Jurnalist kasbini oʻzgartiradi” turkum tahliliy koʻrsatuvlarida avtosanoat, chegara, yongʻin xavfsizligi, temiryoʻl, favqulodda vaziyatlar, mehmonxona, hayvonot bogʻi va boshqa sohalar misolida 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasidan oʻrin olgan maqsad-vazifalarning davlat va jamiyat tomonidan bajarilishi jurnalistik sinchkov nigoh bilan ochib berilgani uchun.

Ragʻbatlantiruvchi mukofot

Nargiza Kamolova, “Yoshlar” radiokanali muharriri

“Innovatsiya”, “Sinfdosh”, “Askarlar”, “Biznes konsultant”, “Yuridik klinika”, “Moʻʼjaz qahvaxona” kabi radiodasturlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida yoshlarning oʻrni, ularning innovatsion gʻoya va loyihalarining hayotga tatbiq etish imkoniyatlari, biznesni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar mavzulari bugungi kun nuqtai nazaridan tahliliy ochib berilgani uchun.

Ziyovuddin Hakimov, “Ruxsor” FM radiostansiyasi bosh muharriri (Fargʻona viloyati)

Turkum ijtimoiy roliklari, ijtimoiy loyihalarida mustaqillik bergan imkoniyatlar asosida yurtimizda tinchlik, osoyishtalik hukm surayotgani, millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik tuygʻularining hayotdagi oʻrniga bagʻishlangan turkum eshittirishlari uchun.

Tasviriy sanʼat, foto asarlari va dizayn ishlari boʻyicha:

1-oʻrin

Artyom Xolov, Jizzax viloyati “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi dizayneri

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, xalqimiz qoʻlga kiritayotgan yutuqlar, zamondosh qahramonlar, mustaqilligimizning dadil odimlari mavzusidagi turkum dizaynerlik ishlari uchun.

2-oʻrin

Najotbek Joʻraboyev, kitob grafikasi boʻyicha rassom (Andijon viloyati)

Soʻnggi yillarda yetakchi nashriyotlarda chop etilgan bir qator bolalar kitoblariga ishlagan illyustratsiyalari uchun

3-oʻrin

Oqil Gʻulomov, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi fotorassomlar shoʻʼbasi aʼzosi, fotorassom

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini hamda faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy etishni fotosuratlarda keng targʻib qilgani uchun.

Ragʻbatlantiruvchi mukofot

Doston Qurbonov, mahobatli rang tasvirchi rassom (Qashqadaryo viloyati)

“Muqaddas qoʻrgʻon”, “Navroʻzi olam”, “Jazirama kun”, “Hosil terimi”, “Moviy rang qush”, “Ziynat qish”, “Bolalik oqshomi” nomli tasviriy asarlari uchun.

Kino sanʼati asarlari boʻyicha:

1-oʻrin

Jasur Isʼhoqov, Oʻzbekiston kino arboblari uyushmasi aʼzosi, kinorejissyor, ssenarist

Oʻzbekiston va Tojikiston xalqlarining yaqin qoʻshnichilik, azaliy doʻstlik aloqalariga, turli sohalardagi hamkorligiga bagʻishlangan “Yagona osmon ostida” hujjatli filmidagi mualliflik va rejissyorlik ishi uchun.

2-oʻrin

Sardor Nozimov, rejissyor, (Samarqand viloyati)

Vatanparvalik mavzuidagi “Jondan aziz” toʻliq metrajli badiiy filmidagi rejissyorlik ishi uchun.

3-oʻrin

Muzaffar Shodiyev, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi rejissyori

“Dadam betob” va “Xazonrezgi” badiiy filmlaridagi ikkinchi rejissyorlik ishlari uchun

Ragʻbatlantiruvchi mukofot

Dilshod Jumaniyozov, kinomontajchi

“Keyingi bekat”, “Komiljon Otaniyozov”, “Sharof Rashidov” hujjatli filmlaridagi montaj ishi uchun.

Bekzod Mannonov, multiplikator-rassom

“Noʻxatpolvon” bolalar uchun multfilmidagi rassomlik ishi uchun.

2 639