O‘zA O`zbek

02.08.2018 14:53 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston qonun ustuvorligi indeksida yettinchi o‘rinda

O‘zbekiston qonun ustuvorligi indeksida yettinchi o‘rinda
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Ekspert kengashi va “KPMG” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Unda “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Ekspert kengashi vakillari B.Ismoilov, Z.Azimova hamda “KPMG” kompaniyasi vakillari S.Chekmazova va A.Dinkevich ishtirok etdi.

R.Davletov mehmonlarga vazirlik faoliyati, qonunchilik bazasini mustahkamlash, huquqni qo‘llash sohasidagi ishlar, aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish institutlarini rivojlantirish borasidagi izchil islohotlar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Global Rankning (Order and Security) “Tartib va xavfsizlik” toifasi bo‘yicha (The 2017-2018 WJP Rulye of Law Index) qonun ustuvorligi indeksida 7-o‘rinda ekani alohida ta’kidlandi.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, sud hokimiyatini mustahkamlash, mulkdorlar huquqlarini qonuniy tartibga solish, milliy qonunchilikni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni mehmonlar ham e’tirof etdi.

O‘zA
3 230