O‘zA O`zbek

21.10.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston – Qirgʻiziston terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini rasman tasdiqlandi

Oʻzbekiston – Qirgʻiziston terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini rasman tasdiqlandi

Barcha futbol ixlosmandlari kutishganidek, Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda Qirgʻiziston bilan oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazishi rasman tasdiqlandi.

Buni avval ham Qirgʻiziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin tasdiqlagan edi. Bugun OʻFA ushbu uchrashuv oʻtkazilishi borasida rasman xabar berdi:

“Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 9-noyabr Toshkentda Qirgʻiziston milliy termasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Mazkur oʻyin “Paxtakor“ stadionida tashkil etiladi“, - deb yozadi OʻFA matbuot xizmati.

Ushbu oʻyin 9-noyabr kuni soat 17:00da “Paxtakor“ stadionida boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, noyabrda FIFA kunlari doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda ikkita rasmiy oʻyin oʻtkazadi. Saralash bosqichi doirasida dastlab 14-noyabr kuni Saudiya Arabistoni mehmon boʻlsa, keyinchalik 19-noyabr kuni Falastinga qarshi oʻyin orqali ikkinchi davraga start beriladi.

Ayni paytda terma jamoamiz JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qoʻshma saralash bosqichining “D” guruhida 4-turdan keyin 6 ochko jamgʻargan holda peshqadamlik qilmoqda.

Maʼlumot uchun, terma jamoamiz dastlabki turda Falastin termasidan magʻlubiyatni qabul qilib olib, qolgan uchrashuvlarda Yaman va Singapur terma jamoalari ustidan zafar quchgan edi.

671
OʻzA